13:36 / 14.10.2017
6 176

Fransiya elchisi: o‘zbek tilida so‘zlashishni istayman

Fransiya elchisi: o‘zbek tilida so‘zlashishni istayman
Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Violen de Vilmor «The Mag» jurnaliga bergan intervyusida o‘zbek tilida so‘zlashishni istashini aytdi.
«Bir nechta tillarni bilish, keng dunyoqarash — diplomat uchun zarur bo‘lgan sifatlar. Men tarix, iqtisodiyot, menejmentni o‘rganyapman.

Tillarga kelsak, ko‘p ishlagan odam yangi tilni o‘rganishi qiyin. Shunga qaramay, o‘zbekcha gapirishni o‘rganishni juda xohlayman. Toshkentga kelganimda rus tili bo‘yicha bilimimni yaxshilash vazifasi ham turgandi. Maktab va universitetni bitirganimdan keyin bu tilda so‘lashmagan edim», — dedi elchi. Bu haqda Daryo.uz ma’lum qildi.

«O‘zimni allaqachon o‘zbekcha gapirayotgandek qilib ko‘rsatish maqtanchoqlik bo‘lgan bo‘lardi. Asosiysi — kuniga o‘ntadan so‘z o‘rganish. Bu qoidaga, albatta, rioya qilishda davom etaman, chunki o‘zbek tili — chiroyli, boy til, u odamlarni yaxshiroq tushunishimga yordam beradi», — deya ta’kidladi Violen de Vilmor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fransiya elchisi: o‘zbek tilida so‘zlashishni istayman