14:45 / 17.10.2017
7 648

Sirdaryoda 50 ming so‘mlikni qalbakilashtirgan guruh qo‘lga olindi

Sirdaryoda 50 ming so‘mlikni qalbakilashtirgan guruh qo‘lga olindi
15 oktyabr kuni Hoshimjonova K. ismli fuqaro Oqoltin tumani IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB xabar bermoqda.

Arizasida shu kuni soat 23:30 larda,o‘ziga tegishli bo‘lgan Oqoltin tumani, «Qambarova Oysha» YaTT savdo do‘konida savdo qilayotgan vaqtida, Epica rusumli, 10 N 110 FA davlat raqam belgili avtomashinada to‘rt nafar noma’lum shaxslar kelib, undan 26 000 so‘mga narsalar xarid qilib, to‘lov uchun 50 000 so‘mlik kupyura berib ketganligini, ular ketishganidan so‘ng 50 000 so‘mlik kupyura haqiqiy ekanligiga shubha tug‘ilib, bu haqda IIB xodimlariga xabar berganligini ma’lum qilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida mazkur holat yuzasidan gumon qilingan Mirzarahmatov Ulug‘bek, Nosirov Farhod, Abdurahimov Aziz va Gilyazov Farhodlar ushlangan.

Shuningdek, surishtiruv jarayonida U.Mirzarahmatov, F.Nosirov, A.Abdurahimov va F.Gilyazovlar Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Yallama MFY hududida joylashgan «Baliq» choyxonasida ovqatlanib, 235 000 so‘m ichiga 1 dona qalbaki 50 000 so‘mlik kupyurani qo‘shib, to‘lov qilganligi aniqlanib, ushbu kupyura daliliy ashyo sifatida olingan.

Viloyat IIB EKBning 812-sonli xulosasida, taqdim qilingan 2 dona seriya raqamlari bir xil bo‘lgan AW 1617005 seriya raqamli 50 000 so‘mlik kupyuralari tomchi purkagich rangli printerda bajarilganligi, ushbu texnologiya O‘zbekiston milliy valyutasini ishlab chiqarish texnologiyasiga mos kelmasligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oqoltin tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan U.A.Mirzarahmatov va uning jinoiy sheriklariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 2-qismi «a» bandi (qalbaki pul yasash va ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryoda 50 ming so‘mlikni qalbakilashtirgan guruh qo‘lga olindi