15:31 / 23.10.2017
6 578

Sag‘bon va Hasanboyda piyodalar halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan YTH sodir bo‘ldi

Sag‘bon va Hasanboyda piyodalar halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan YTH sodir bo‘ldi
Toshkent shahrida piyodalarning yo‘lning qatnov qismidan kesib o‘tayotgan vaqtida sodir bo‘lgan turli yo‘l-transport hodisalari haqida xabarlar tarqalmoqda.

Xuddi shu kabi oqibati ayanchli tugagan YTH 21 oktyabr kuni kechki 18:00 lar atrofida Olmazor tumani, Sag‘bon ko‘chasida sodir bo‘ldi. Baxtsiz hodisa qo‘lida bolasi bilan yo‘ldan o‘tayotgan ayolni Lacetti avtomobili urib yuborishi oqibatida sodir bo‘lgan. Yo‘lning qatnov qismidan o‘tayotgan ona va bola Sag‘bon ko‘chasida joylashgan “Qizil tut” do‘koni oldidan yo‘lni kesib o‘tishga uringan va ularni mashina urib yuborgan.

Ayni shu do‘kon oldida oktyabr oyining boshida ham oqibati piyodaning o‘limi bilan yakun topgan YTH sodir bo‘lgan edi. Unda 55 yoshlar atrofidagi shaxsni Damas avtomobili urib yuborgan hamda jabrlanuvchi yo‘lning qatnov qismiga yiqilgan. Erkak Spark avtomobilining bamper qismiga ilinib qolgani sabab sudrab ketilgan. Fuqaro voqea joyida halok bo‘lgani xabar qilingan.

Piyodalarning yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tishi bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning navbatdagisi kecha, 22 oktyabr kuni Toshkent katta xalqa yo‘lining Hasanboy hududiga yaqin qismida sodir bo‘lgan. Katta tezlikda harakatlangan Matiz avtomobili yo‘lning qatnov qismini kesib o‘tayotgan o‘rta yoshlardagi erkakni urib yuborgan.

Guvohlarning ta’kidlashicha, Sag‘bonda mashina urib yuborgan qizaloq va ayol shifoxonaga olib ketilgan, ona shifoxonada vafot etgan. Bundan tashqari, Hasanboyda sodir bo‘lgan YTHda jabrlangan o‘rta yoshlardagi fuqaro voqea joyida vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sag‘bon va Hasanboyda piyodalar halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan YTH sodir bo‘ldi