09:45 / 24.10.2017
6 488

Chilonzor tumanida Bangladesh fuqarolariga uyushtirilgan bosqinchilik fosh etildi

Chilonzor tumanida Bangladesh fuqarolariga uyushtirilgan bosqinchilik fosh etildi
2017 yilning 22 oktyabr kuni taxminan soat 01:00 larda, R.D., J.F. va uch nafar noma’lum shaxs bosqinchilik yo‘li bilan o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Qizil sharq mavzesida Bangladeshning uch nafar fuqarosiga hujum qilib, xorijliklarni pichoq bilan qo‘rqitib, ularga tegishli bo‘lgan jami bahosi 4.400 AQSh dollari turadigan mol-mulklari, shuningdek 700 AQSh dollari va 500.000 so‘m miqdoridagi pullarini egallab olib, jinoyat joyidan yashiringanlar.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 2-qismi “b,v” bandi (bosqinchilik, ya’ni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, ancha miqdordagi o‘zganing mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, jinoyatchilarning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.

Yuqoridagi shaxslarning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishlari mumkin.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chilonzor tumanida Bangladesh fuqarolariga uyushtirilgan bosqinchilik fosh etildi