12:09 / 25.10.2017
6 925

Odamlarning yuzini yerga qaratgan reklama: «Pul yaxshi, ammo…»

Odamlarning yuzini yerga qaratgan reklama: «Pul yaxshi, ammo…»
Tadbirkorlik rivojlangani sari o‘zaro raqobat kuchayib borishi tayin gap. Mahsulotni xaridorgir qilishning eng zo‘r usuli — reklama.
Tinib-tinchimagan reklama qiluvchilar shunday usullarni o‘ylab topishmoqdaki, tan bermay ilojingiz qolmaydi. Poytaxtimiz ko‘chalarining birida ana shunday ajoyib reklamaga guvoh bo‘ldik, deb yozmoqda Telegraf.uz.

Siz ko‘chada ketayotib, AQSh dollari kupyuralari sochilib yotganiga ko‘zingiz tushsa, nima qilar edingiz? Ayonki, har qanday inson unga qo‘l cho‘zadi. Yerga egilib, qo‘lga olishingiz bilan uning ichki qismida infeksiyalarga qarshi qo‘l yuvish uchun mo‘ljallangan mahsulot rasmi va matn tushirilgan bo‘lsa… “Voy, tushmagur odamlar-yey, nimalarni o‘ylab topishaydi”, deyishingiz tayin.

Ungacha sodda odamlar dastlab tekin dollar topdik, deb bir-birlarini yegudek bo‘lishdi. Raqiblariga olazarak qaragan, ko‘proq terib olish ishtiyoqi yerdan ko‘z uzmayotgan yigirmaga yaqin odamlar ichida g‘ujg‘on qaynardi. Nigohlarini g‘ulg‘ula bosgan kattayu kichik yer tirnar edi. Hammasi ayon bo‘lgandan keyin esa xijolat yuzlarini qizilga bo‘yadi…

Unga shunday so‘zlar yozilgan: “Pul yaxshi — agar bakteriyasiz bo‘lsa”, “Pul topiladi, sog‘liq esa qimmatroq!”. Ana shunaqa gaplar…

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Odamlarning yuzini yerga qaratgan reklama: «Pul yaxshi, ammo…»