19:07 / 25.10.2017
11 894

«Chorsu» bozorida bedarak yo‘qolgan qizning jasadi topildi

«Chorsu» bozorida bedarak yo‘qolgan qizning jasadi topildi
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida tug‘ilgan aqli noraso qiz A.Payazova (1990 yilda tug‘ilgan) uyidan chiqib ketib, Toshkent shahridagi "Eski Juva" dehqon bozorida pista-qurt sotib yurib, bedarak yo‘qolgan. Bu haqda Telegraf.uz xabar berdi.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida A.Payazova joriy yilning 10 iyul kuni Olmazor tumanida tutqanoq (epilepsiya) kasalligi bilan ToshMI-2ning Jonlantirish bo‘limiga yotqizilgani va shu yerda vafot etgani aniqlandi.

Kecha, 23 oktyabr kuni marhumaning akasi M.Payazov surat orqali singlisini tanigan va xolislar ishtirokida dalolatnoma tuzilgan.

Tahririyatimiz nomidan marhumning yaqinlari va oila a’zolariga hamdardlik bildiramiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Chorsu» bozorida bedarak yo‘qolgan qizning jasadi topildi