23:07 / 28.10.2017
7 782

Bangladesh fuqarolari O‘zbekistonda qurolli hujumga uchradi

Bangladesh fuqarolari O‘zbekistonda qurolli hujumga uchradi
22 oktyabr kuni taxminan soat 01:00 larda, D.Rustamova, F.Jomalov va uch nafar noma’lum shaxs bosqinchilik yo‘li bilan o‘zganing mol-mulkini talon-taroj qilish maqsadida jinoyatga qo‘l urdi.

Ular Chilonzor tumani Qizil sharq mavzesida Bangladesh Xalq Respublikasining uch nafar fuqarosiga hujum qilib, pichoq bilan qo‘rqitib, ularga tegishli bo‘lgan jami bahosi 4.400 AQSh dollari bo‘lgan mol-mulklari, shuningdek 700 AQSh dollari va 500.000 so‘m miqdoridagi pullarini egallab olib, jinoyat joyidan yashiringanlar.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 2-qismi “b,v” bandi (bosqinchilik, ya’ni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, ancha miqdordagi o‘zganing mulkini talon-taroj qilish maqsadida hujum qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bangladesh fuqarolari O‘zbekistonda qurolli hujumga uchradi