13:18 / 31.10.2017
5 873

MTRKning sobiq raisi “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” direktori etib tayinlandi

МТРКнинг собиқ раиси "Ўзйўлкўкаламзорлаштириш" директори этиб тайинланди
Xurshid Mirsobirovich Mirzohidov Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisining avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” unitar korxonasi direktori etib tayinlandi. Prezident 24 oktyabrda tegishli qarorni imzoladi. Bu haqda UZ24 sayti xabar berdi.

Mirzohidov 2010 - 2012 yillarda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari, 2012 yil fevraldan oktyabr oyiga qadar O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori lavozimlarida ishlagan. 2012 yil oktyabr oyidan 2015 yil fevralga qadar Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi raisi, 2015 yil fevral oyidan boshlab Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimida ishlardi. 2017 yilning fevral oyidan avgustigacha MTRK raisi lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” UK davlat rahbarining 2017 yilning 11 sentyabrdagi “Avtomobil yo‘llaridagi ko‘kalamzorlashtirish va me’moriy-landshaft qurilmalari tizimlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tashkil qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MTRKning sobiq raisi “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” direktori etib tayinlandi