00:10 / 02.11.2017
14 584

O‘zbek taomlari “dunyoning eng shirin taomlaridan biri” deb topildi

O‘zbek taomlari “dunyoning eng shirin taomlaridan biri” deb topildi
Bokudagi Butunjahon pazandachilik kuni doirasida O‘zbekiston milliy taomlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur tadbirda Ozarbayjonning ijtimoiy-siyosiy, xalqaro diplomatik korpus hamda xalqaro tashkilotlari vakillari, bundan tashqari, pazandachilik san’atiga qiziquvchilar, mahalliy OAV vakillari, hatto ijod ahli vakillari ham tadbir qatnashchilariga aylandilar.

O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi bilan bir qatorda Xitoy va Turkiya elchixonalari, bundan tashqari, Ozarbayjonning ko‘zga ko‘ringan restoranlari o‘z milliy taomlarini namoyish etdilar.

Festival mehmonlariga palov va boshqa milliy taomlarimizning tayyorlanish jarayoni bilan yaqindan tanishish va ularning ta’midan bahramand bo‘lish imkoniyati yaratilganini alohida ta’kidlash joiz.

Bundan tashqari, O‘zbekistonning sayyohlik sohasidagi istiqbolini ommalashtirish maqsadida hunarmand-ustalarning ishlari, milliy liboslar, gazlamalar, chinni buyumlar ko‘rgazmasi ham tashkil qilindi. Ko‘rgazma materiallaridan keng ko‘lamda foydalanilgani sabab qatnashchilar mamlakatimizdagi sayyohlik sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Tadbir ishtirokchilari o‘z taassurotlari, jumladan O‘zbekiston paviloni haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Ozarbayjon milliy pazandachilik markazi direktori TohirAmiraslanov:
“..Bu kabi tadbirlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi milliy madaniy merosni o‘rganishda, uni targ‘ib qilishda katta ahamiyatga ega.
O‘zbek oshxonasi — amaliy sanat sohasiga kiradi. Uning tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Asrlar davomida oshpazlik sohasining o‘z xususiyatlari, o‘zgacha janrlari, milliy kalloriti shakllanib borgan. Shu xususda hozirga kelib o‘zbek taomlari eng shirin taomlardan sanaladi.

Kuni kecha O‘zbegim festivalida hay’at azosi sifatida ishtirok etdim. Festival davomida oshpazlar ustalik bilan dunyodagi eng katta palovni tayyorladilar. Ginnes rekordlari kitobi mutaxassislari taom og‘irligini 7360 kg deb hisobladilar, bunisi hayratlanarli bo‘ldi”.

Ozarbayjondagi Konfutsiy instituti direktori Rafiq Abbasov:
“...Menga O‘zbekiston juda yoqadi. Mamlakatingiz doimo o‘zining mehmondo‘stligi, qiziq taomlari va boy tarixi bilan mashhur. Tarixiy savdo yo‘llari kesishmasida joylashgani uchun mamlakatingiz katta sayyohlik salohiyatiga ega. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz haqiqatdan Buyuk ipak yo‘lining chinakam marvaridlaridir”.

Bunday festivallar mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashi shubhasiz. Tadbir davomida o‘zbek taomlari “dunyoning eng shirin taomlaridan biri” deb topilganini alohida etirof etish lozim.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbek taomlari “dunyoning eng shirin taomlaridan biri” deb topildi