22:56 / 03.11.2017
8 249

O‘zbekistonlik asalarichi boshiga 8 kilogramm og‘irlikdagi asalarilarni joylashtirdi

O‘zbekistonlik asalarichi boshiga 8 kilogramm og‘irlikdagi asalarilarni joylashtirdi
Shifobaxsh, toza asal kimga yoqmaydi, deysiz. Ammo, bir piyola asal olish uchun millionlab arilar tinimsiz mehnat qilishi kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, arilarning nishidan qo‘rqmaydigan asalarichilarga ham balli, deyish kerak...

Orifjon aka Ilyosov Sirdaryo viloyatida yashaydi. O‘ttiz besh yildan beri asalarichilik bilan shug‘ullanib keladi. Uni asalarilar bilan “og‘a-ini” tutingan ham deyish mumkin. Eng hayratlanarlisi, u asalarilarning nishidan zig‘ircha qo‘rqmaydi. Suratda ko‘rib turganingizdek, yuz-ko‘zlarini asalari qoplab olgan bo‘lsa-da, biz bilan bemalol suhbatlasha oldi.

— Orifjon aka, o‘zin­gizni qanday his qilyapsiz?

— Odatdagidek, biroz noqulay-ku, lekin xotirjamman.

— Asalari chaqishi odam hayoti uchun xavfli emasmi?
— Allergiyasi bor odamlar uchun juda xavfli. Sog‘lom odamni ham birvarakayiga 50-60 ta ari chaqsa, hushidan ketib qolishi mumkin. Lekin bizning kasbimiz shunaqa. Asalarining nishiga dosh berolmaydigan odam asalarichi bo‘lishi qiyin.

— Hozir boshingizda qancha asalari to‘plangan?
— Sonini aniq aytolmayman, lekin umumiy og‘irligi sakkiz kilogrammga boradi.

— Bu nima o‘zi? Shunchaki qiziqishmi, sog‘lomlashtirish mashg‘ulotimi?
— Har ikkalasi. Chunki asalari yordamida ultrabinafsha nurlari bosh miyadagi turli illatlarni yo‘qotishga yordam beradi.

— Asalning yasamasi bilan haqiqiysini qanday ajratsa bo‘ladi?

— Bitta piyolaga qaynoq suv quyib, unga bir qoshiq asal aralashtirganimizda, uning hidi, ta’mi o‘zgar­masa, demak, u haqiqiy asal hisoblanadi.

Darvoqe, Orif aka asalariga chaqtirish bo‘yicha turli bellashuvlarni ham tashkil etib turadi. Eng bardoshli ishtirokchiga asal beriladi. Siz ham bardoshingizni sinab ko‘rmoqchimisiz, Sirdaryoga boravering!

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonlik asalarichi boshiga 8 kilogramm og‘irlikdagi asalarilarni joylashtirdi