MIB tomonidan musodara etilgan mol-mulklar auksion orqali sotuvga qo‘yildi

  • 04 noyabr 2017, 07:30
  • 13 486
  • Jamiyat
  • MIB tomonidan musodara etilgan mol-mulklar auksion orqali sotuvga qo‘yildi
    O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi musodara etilgan qator moddiy boyliklarni onlayn auksionga qo‘ydi, deb yozadi Kun nashri.

    Xususan, MIB «Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi» davlat unitar korxonasi tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumani, Hamid Olimjon maydonining sharqiy tomonidagi 13A-uy auksionga qo‘yildi. U 431 357 000 so‘mga baholandi.

    Andijonda esa S.Zununov ko‘chasi 7-uy 2 638 416 000 so‘mga baholandi. Shuningdek, Spark va Malibu avtomobillari ham auksionga qo‘yildi, ularning narxi mos ravishda 56 032 696 so‘m hamda 70 945 600 so‘mga baholandi.


    Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27-iyulida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi «Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi» davlat unitar korxonasi tashkil etildi va sud hujjatlari hamda boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha auksion savdolari faqatgina shu Markazning «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasida elektron onlayn-auksionlar shaklida o‘tkazilishi belgilab qo‘yildi.

    Yagona elektron savdo maydonchasida elektron onlayn-auksionlar o‘tkazish www.eauksion.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » MIB tomonidan musodara etilgan mol-mulklar auksion orqali sotuvga qo‘yildi