14:30 / 05.11.2017
5 299

Xitoyda tarkibida oltingugurt ko‘p bo‘lgan dizel yoqilg‘isi taqiqlandi

Xitoyda tarkibida oltingugurt ko‘p bo‘lgan dizel yoqilg‘isi taqiqlandi
Tarkibida oltingugurt miqdori yuqori bo‘lgan dizel yoqilg‘isi asosan motor qayiqlar, kemalar, shu bilan birga turli qishloq xo‘jalik texnikasi uchun qo‘llaniladi. Endi bunday yoqilg‘isi qolib ketgan Xitoy kompaniyalari ularni mamlakatdan tashqariga olib chiqib, xorijda sotishiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda «Reuters»ga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.

Xitoyda tarkibida oltingugurt ko‘p bo‘lgan dizel yoqilg‘isidan foydalanish taqiqlandi. Bunday yoqilg‘i arzonligi sabab undan asosan kema va traktorlar uchun foydalanishadi. Xitoy hukumati atrof-muhitning ifloslik darajasi barcha mavjud normalardan oshib ketgani sabab shunday qat’iy chora qo‘llashga qaror qildi. Bu masala ayniqsa isitish mavsumi boshlanishidan avval dolzarbdir.

Davlatning asosiy vazifasi - yoqilg‘i quyish shoxobchalarida yangi qonun ijrosini nazorat qilish. Inspektorlar bunday yoqilg‘ining sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun reyd va ekspertizalar o‘tkazishadi. Shunday bo‘lsa-da, asosan oltingugurtli yoqilg‘ida harakatlanuvchi kichik baliqchilar qayiqlarini nazorat qilish qiyinroq bo‘ladi.

Umuman olganda, Xitoy ekologik toza transport bo‘yicha mutlaq yetakchilik sari harakatlanishda davom etmoqda. 2017 yilning ilk 9 oyida mamlakatda 398 ming elektromobil xarid qilindi, mahalliy zavodlarda 424 ming elektrokar ishlab chiqarildi, ya’ni xitoyliklar o‘zlarida ishlab chiqarilayotgan elektrotransportning deyarli barchasini sotib olishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xitoyda tarkibida oltingugurt ko‘p bo‘lgan dizel yoqilg‘isi taqiqlandi