10:23 / 07.11.2017
6 363

Tadbirkorlar huquqlarini poymol qilgan 13 nafar mansabdor shaxs lavozimidan haydaldi

Tadbirkorlar huquqlarini poymol qilgan 13 nafar mansabdor shaxs lavozimidan haydaldi
Adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri bu tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda ularning murojaatlari alohida nazoratga olinib, ko‘rib chiqilishi ta’minlanmoqda.

Shu yil hozirgi kunga qadar adliya organlarida tadbirkorlik sub’ektlarining 1582 tasi murojaati qanoatlantirildi.

Adliya organlari “Ishonch telefoni”ga tadbirkorlik sub’ektlaridan kelib tushgan 255 ta murojaat qanoatlantirildi va 128 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.

Shuningdek, murojaatlarni o‘rganish natijasi bo‘yicha Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi “Huquqiy axborot” kanali taqdim etayotgan ma’lumotlarga ko‘ra:

- 112 nafar mansabdor shaxslar intizomiy javobgarlikka tortildi, shu jumladan 13 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etildi;
- 30 nafar shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.
- 13 ta noqonuniy qarorlar bekor qilindi.

Adliya organlari tomonidan tadbirkorlarning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Hurmatli tadbirkorlar!
Qonun bilan qo‘riqlanadigan huquqlaringiz buzilsa, adliya organlariga murojaat qiling.
Adliya vazirligining “Ishonch telefoni”: 1008, (0371) 200-02-08

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tadbirkorlar huquqlarini poymol qilgan 13 nafar mansabdor shaxs lavozimidan haydaldi