10:29 / 07.11.2017
42 708

Endi Turkiyaga ham shartnoma asosida ishlashga borish mumkin...

Endi Turkiyaga ham shartnoma asosida ishlashga borish mumkin...
Endilikda tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan Polsha, Qozog‘iston, Turkiya, Omon Sultonligi, Birlashgan Arab Amirliklariga ham shartnoma asosida ishlagani borish mumkin bo‘ladi.

Hozirda ushbu mamlakatlar bilan o‘zaro anglashuv memorandumlarini imzolash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bu haqda tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi 6 noyabr kuni o‘tkazgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Bugungi kunda Rossiya Federatsiyasi, Polsha, Janubiy Koreya va Yaponiya davlatlari bilan tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha yaxshi hamkorliklar yo‘lga qo‘yilgan. Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha halqaro tajriba o‘rganilmoqda. Qolaversa, xorijda ishlash niyatini bildirayotgan fuqarolar uchun yurtimizda zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, Yaponiyaga ketuvchi fuqarolarni ketish oldidan o‘qitish va ko‘niktirish markazi faoliyat boshladi. Yaponiyaga ishlash uchun ketadigan fuqarolar endilikda ushbu maskanda tayyorlanib, til va mamlakat qonun qoidalarini o‘rganadilar. - deydi agentlik migratsiya bo‘limi rahbari M.Azizov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi Turkiyaga ham shartnoma asosida ishlashga borish mumkin...