09:45 / 09.11.2017
8 891

Endi O‘zbekistonda quyosh suv isitgichlari hamda tejamkor lampalar uylarga majburiy o‘rnatiladi

Endi O‘zbekistonda quyosh suv isitgichlari hamda tejamkor lampalar uylarga majburiy o‘rnatiladi
Yoqilg‘i-energetika kompleksini modernizatsiya qilish va texnologik qayta jihozlash, elektr energiyasi va tabiiy gazdan oqilona foydalanishga o‘tish mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar muvaffaqiyatining garovi hisoblanadi.

Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yilning 8 noyabr kuni “Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”giqarori qabul qilindi. Ushbu qaror mamlakat miqyosida energiya tejamkor uslublar va texnologiyalarni joriy qilishda muhim qadam bo‘ldi.

Unga ko‘ra yakka tartibdagi uy-joy qurilishidan tashqari, barcha bino va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurishda:
  • issiq suv ta’minoti uchun sertifikatlangan quyosh suv isitgich qurilmalarini;
  • energiya tejamkor lampalarni majburiy tartibda o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

Ushbu tartib 2018 yil 1 yanvardan joriy qilinishi ko‘zda tutilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi O‘zbekistonda quyosh suv isitgichlari hamda tejamkor lampalar uylarga majburiy o‘rnatiladi