11:35 / 09.11.2017
5 799

Yotoqxona seyfidagi 3,5 ming AQSh dollari o‘g‘irlab ketildi...

Yotoqxona seyfidagi 3,5 ming AQSh dollari o‘g‘irlab ketildi...Andijon shahar “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi xonadonlarning birida o‘g‘rilik sodir etildi. Noma’lum shaxs ochiq qolgan eshik orqali kirib, xonadon egasining yotoqxonasidagi temir seyfdan 3,5 ming AQSh dollarini o‘g‘irlab ketadi.
Hordiq.uz nashrining xabariga ko‘ra, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Andijon shahrida yashovchi, hech qayerda ishlamaydigan, 1978 yilda tug‘ilgan G‘.M. sodir etganligi aniqlandi va ushbu shaxs qo‘lga olingani ma’lum qilindi.
Hozirgi kunda G‘.M.ning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi o‘rganilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yotoqxona seyfidagi 3,5 ming AQSh dollari o‘g‘irlab ketildi...