15:28 / 11.11.2017
6 277

Andijonda aliment to‘lamay yurgan 2 mingga yaqin shaxsga nisbatan chora ko‘rildi

Andijonda aliment to‘lamay yurgan 2 mingga yaqin shaxsga nisbatan chora ko‘rildi
Andijon viloyatida oilalarda sog‘lom muhitni qaror toptirish, oilaviy ajralishlar, erta turmush va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning oldini olish, oilaviy nizolarni bartaraf etish borasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Bu haqda «O‘zA»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Viloyatda oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish maqsadida tashkil etilgan maxsus ishchi guruhlar joriy yilning o‘tgan davrida har bir xonadonda bo‘lib, oilalarning ahvoli, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni chuqur o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida uch mingdan ortiq nizoli oila borligi aniqlandi. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ikki mingdan ziyod oila ajralib ketishining oldi olindi. Aliment to‘lamay yurgan ikki mingga yaqin shaxsga tegishli choralar ko‘rildi.

Viloyatda yiliga o‘rtacha 25 mingdan ortiq yangi oila barpo bo‘ladi. Biroq, joriy yilning o‘tgan davrida 1 ming 700 ga yaqin oila qonuniy ajralib ketgan. Ana shu ajrimlar tahlil etilganda, bunga ko‘proq farzandsizlik, qaynona-kelin mojarosi, qudalar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, erkakning qonuniy nikohi bekor bo‘lmasdan boshqa oila qurib olishi singari qator omillar sabab bo‘layotgani aniqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda aliment to‘lamay yurgan 2 mingga yaqin shaxsga nisbatan chora ko‘rildi