Toshkent shahri, Olmazor tumani, Beshqo‘rg‘on mavzei (Tansiqboyev-3)da yashovchi oilaning uch norasida farzandi ketma-ket vafot etdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda bu oilani yaqindan tanigan qo‘shnilarning so‘zlariga ko‘ra, qizlar qiyma kabob tanovul qilganidan so‘ng qorinda og‘riq paydo bo‘lganini aytishgan. Keyin esa og‘riq qoldiruvchi dori iste’mol qilishgan.
Biroq biroz vaqt o‘tgach, qizlarning ahvoli yanada og‘irlashadi va ulardan birining joni «tez yordam» mashinasida uziladi. Qolgan qizlarning ham ahvoli og‘ir bo‘lganligi sabab yuqumli kasalliklar shifoxonasiga jo‘natiladi. Ma’lum bo‘lishicha, ular ham birin-ketin vafot etishgan.
Hozirda yosh qizaloqlar aynan nima sababdan vafot etgani haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Ularning dori yoki iste’mol qilingan taomdan zaharlangani taxmin qilinmoqda. Tuman prokuraturasi esa mazkur voqea yuzasidan jinoyat ish ochgan.
Kun.uz yozishicha, sayt muxbiri mazkur fojia tafsilotlarini bilish maqsadida Respublika sanitariya-epidemiologiya xizmatiga murojaat qilganida, markaz xodimasi bu ish bo‘yicha ma’lumot berishdan bosh tortdi. Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi ham voqea yuzasidan aniq ma’lumot bermadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!