Kutilmaganda tekkan merosdan xursandchilikda o‘lish “amrimahol” bo‘lsa-da, biroq birja yoki qimorda yutqazish odamning o‘limiga olib kelishi mumkin.
Kardiolog-shifokorlar va olimlar Janubiy Afrikaning yurak-tomir kasalliklari uyushmasining 18-kongressida ko‘plab mutaxassislarni xavotirga solgan hisobotni tingladilar. Aniqlanishicha, aksariyat o‘lim bilan tugovchi infarktlar u yoki bu moliyaviy yo‘qotishlar bilan bog‘langan ekan.
Yoxannesburgdagi Vitvatersrand universiteti olimlari o‘tkir yurak yetishmovchiligi xurujlarining aksariyat qismi u yoki bu tarzda psixosotsial omillar bilan bog‘langanini qayd qilishdi. Bu omillar orasida birinchi o‘rinda moliyaviy mablag‘lar va boshqa aktivlar turadi.
Olimlarning aytishicha, agar odam uzoq vaqt davomida moliyaviy qiyinchiliklar bilan bog‘liq kuchli stresslarni boshdan kechirgan bo‘lsa, unda Miokard infarkti paydo bo‘lishi xavfi oshar ekan.
Olimlarning ta’kidlashicha, infarktni keltirib chiqaruvchi moliyaviy xatarlarga oilaviy, shaxsiy munosabatlar va karera bilan bog‘liq muammolar ta’sir qilishi mumkin. Olimlarning aytishicha, bularning barchasi inson salomatligiga yomon ta’sir o‘tkazadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?