18:58 / 14.11.2017
8 383

33 yoshli o‘zbekistonlik jinsiy zo‘ravonlikda ayblanib qo‘lga olindi

33 yoshli o‘zbekistonlik jinsiy zo‘ravonlikda ayblanib qo‘lga olindi
“Qalampir.uz” nashrining xabar berishicha, Rossiyaning Leningrad viloyatida istiqomat qiluvchi ayol 13 noyabr kuni tunda uni o‘zbek millatiga mansub erkak kishi zo‘rlagani to‘g‘risida ma’lum qilib, politsiyaga shikoyat bilan murojaat qilgan.

Xabarda keltirilishicha, shikoyat qilgan ayolning yoshi 35 da, uni zo‘rlaganlikda gumon qilinayotgan o‘zbekistonlik erkak esa 33 yoshda.
Jabrlanuvchining ta’kidlashicha, noma’lum kishi unga nisbatan jismoniy kuch ishlatib, jinsiy zo‘ravonlik harakatini sodir etgan.

Voqeadan so‘ng biroz vaqt o‘tgach politsiya jabrlanuvchining bergan ma’lumotlari asosida gumonlanuvchini qo‘lga olgan va tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ism-sharifi oshkor etilmagan o‘zbekistonlik fuqaroga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik aybi bilan jinoyat ishi ochilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 33 yoshli o‘zbekistonlik jinsiy zo‘ravonlikda ayblanib qo‘lga olindi