19:01 / 14.11.2017
6 317

Odam savdosi bilan shug‘ullangan aka-uka har bir “qul” uchun 300 dollardan pul olgan

Odam savdosi bilan shug‘ullangan aka-uka har bir “qul” uchun 300 dollardan pul olgan
O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati O‘zbekistondan Rossiyaga ishchilar yuborish bilan shug‘ullanuvchi 2 guruhni qo‘lga oldi.
Aniqlanishicha, doimiy ravishda O‘zbekistondan Rossiyaga majburiy mehnatga, ya’ni qullikka jalb qilish maqsadida odamlar yuborib turilgan.

Guruh a’zolari bo‘lgan aka-uka Sirojiddin va Ziyovuddin Yodgorovlar o‘zbekistonliklarni Krasnodar o‘lkasiga jo‘natish bilan shug‘ullanishgan. Ularning Rossiyadagi sherigi esa mehnat ekspluatatsiyasi bilan band bo‘lgan.

Rossiya fuqarosi har bir o‘zbekistonlik fuqaro uchun aka-ukalarga 300 AQSh dollaridan berib turgan. “Odam savdosi” bilan shug‘ullangan aka-uka Yodgorovlarning bunday qilmishi tufayli Andijon, Surxondaryo, Navoiy va Farg‘ona viloyatining bir necha fuqarolari jabr ko‘rishgan.

Sud jarayonida Sirojiddin va Ziyovuddin Yodgorovlarga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135- (Odam savdosi) va 138-moddalari (zo‘ravonlik bilan noqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum etish) bilan ayb qo‘yilib, mos ravishda 9 yil va 8 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi deb xabar beradi Qalampir.uz.

Shuningdek, Moskva shahri va Moskva viloyatiga o‘z hamyurtlarini “ishga” yuborish bilan shug‘ullangan yana bir qashqadaryolik fuqaro R. Orolovga nisbatan ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Odam savdosi bilan shug‘ullangan aka-uka har bir “qul” uchun 300 dollardan pul olgan