Amerikalik biokimyogarlar ortiqcha vaznga moyillik hujayralardagi oqsillarning o‘ziga xos mutatsiyalari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini aniqlashdi. Tadqiqot haqida Dyuk universiteti saytida ma’lum qilindi.
Laboratoriya sichqonlari ishtirokidagi tajribalar davomida olimlar ankirin-B gen varianti tashuvchilaridan biri qolganlarga nisbatan ancha tez vazn to‘plagani ma’lum bo‘ldi. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, bu gen Glut4 oqsili faoliyatini nazorat qiladi, u esa, o‘z o‘rnida, ham kemiruvchilarda, ham insonlarda glyukozaning yog‘ hujayralari tomonidan o‘zlashtirilishi intensivligini belgilaydi.
“O‘ylashimizcha, ochlik yillarida aynan shu gen ota-bobolarimizga energiyani saqlab qolishga yordam bergan. Biroq hozir, yegulik borasida yetishmovchilik yo‘q bir paytda bu ankirin mutatsiyasi semizlikni epidemiyaga aylantirishi mumkin”, - dedi biokimyo professori Jord Geller.
Olimlarning ta’kidlashicha, ularning ixtirosi semizlikning birinchi navbatda noto‘g‘ri parhez va kaloriyali ovqatni ko‘p iste’mol qilish natijasida kelib chiqishiga doir fikrni inkor etadi. Mutaxassislar yaqin orada laboratoriya ishi doirasidan chiqib, ortiqcha vazndan aziyat chekayotgan amerikaliklar orasida tadqiqot o‘tkazishni rejalashtirishmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi