16:33 / 16.11.2017
12 320

4 yashar qizini urgan militsiya xodimining suratlari paydo bo‘ldi

4 yashar qizini urgan militsiya xodimining suratlari paydo bo‘ldi
11 noyabr kuni “O‘zbekiston” teleradiokanali orqali efirga uzatilgan “Uchburchak” tok-shousida namoyish etilgan 4 yoshli qizning o‘z otasi tomonidan kaltaklanishi videosi ko‘pchilikning ko‘z yoshiga sabab bo‘ldi.

Farzandini katlaklayotib, buni videoga olgan ota 4 yashar qizalog‘iga qarata shunday gaplarni aytgan:

“2 yildan beri senlarni kim boqyapti? Menga kerakmisan sen? Kerakmassan. Onangga kerakmisan? Onang qayerda? 2 yildan beri keldimi, senga shokolad olib berdimi?”, deya do‘q urgan!

Norasida qizcha esa “Yo‘q sizga kerakmasman, hozir ketaman, urmang” deya olgan, xolos. Ushbu video internetda tarqalganidan biroz vaqt o‘tib o‘z bolasini kaltaklagan va buni suratga olgan otaning IIB xodimi ekani va mazkur holat sabab ishdan ketgani ma’lum bo‘ldi.

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda norasida go‘dagiga kuchini ko‘rsatgan otaning suratlari paydo bo‘ldi.

Ish tergovga oshirilgani sabab ism-sharifi ma’lum qilinmagan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, qizcha xozir xorijda onasi bilan birga yashamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 4 yashar qizini urgan militsiya xodimining suratlari paydo bo‘ldi