10:09 / 17.11.2017
21 305

O‘zbekistonda testsiz kiriladigan OTM yo‘nalishlari ma’lum qilindi!

O‘zbekistonda testsiz kiriladigan OTM yo‘nalishlari ma’lum qilindi!
Musiqashunos uchun tarix fanidan test ishlash mantiqsizday tuyuladi, biroq shu kungacha ular oliy ma’lumotga ega bo‘lish uchun ushbu fandan tayyorgarlik ko‘rishgan.

Endi esa bunga chek qo‘yildi, san’at yo‘nalishida ta’lim olishni istovchi abituriyentlar faqat ijodiy imtihon natijasiga ko‘ragina OTMga qabul qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16 noyabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq madaniyat, san’at, dizayn, tasviriy va amaliy san’at, san’atshunoslik, musiqiy ta’lim, sport va jismoniy tarbiya sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abiturentlar test sinovlari topshirmaydi. Ular faqat ijodiy imtihonlar orqali o‘qishga qabul qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda testsiz kiriladigan OTM yo‘nalishlari ma’lum qilindi!