09:33 / 18.11.2017
7 562

OAV munosabati: Tramp 2 kunga keldi, Mirziyoyev 4 kunga keladi

OAV munosabati: Tramp 2 kunga keldi, Mirziyoyev 4 kunga keladi
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan 22–25 noyabr kunlari davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasida bo‘lishi haqida ma’lumot bergan edik.

Ushbu tashrif yuzasidan ma’lumotlar Koreya ommaviy axborot vositalarining kun mavzusiga aylanganini kuzatish mumkin.

“Korea Herald” nashri ham O‘zbekiston Prezidentining Koreyaga tashrifini tarixiy voqea ekanini ta’kidlab, ayrim jihatlarga urg‘u bergan.

Unga ko‘ra, Koreya Respublikasiga yangi Prezident saylanganidan so‘ng ushbu mamlakatga xorijiy davlat rahbarlaridan birinchi bo‘lib AQSh Prezidenti Donald Tramp tashrif buyurgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashrifi yangi saylangan davlat rahbari uchun ikkinchi yirik uchrashuv bo‘lishi haqida aytilgan.

Koreys OAVlari Trampning bor-yo‘g‘i ikki kunga kelganini aytib, Mirziyoyevning to‘rt kunga tashrif bilan kelayotganiga e’tibor qaratgan. Bu esa ikki mamlakatlar o‘rtasida shakllangan mustahkam hamkorlik munosabatining belgisi ekani qayd etilgan.

Bundan tashqari, 2017 yilda ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 25 yil to‘lishi ham ramziy ma’noga ega deyilgan.

Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Parlamentida nutq so‘zlashi ham o‘zaro ishonchning namoyishi bo‘lishi aytilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » OAV munosabati: Tramp 2 kunga keldi, Mirziyoyev 4 kunga keladi