Turkiyaning Istanbul shahri, Bakirko‘y tumaniga yaqin joyda o‘zbek ayollari mardikorlik ishlari uchun har kuni mijoz qidiradi. Gungo‘ren mavzesida yig‘ilgan ayollar CNN Turk telekanali muxbiri Fulya O‘zturk bilan suhbatlashib, «har kuni ertalabdan shu joyga kelib turishlari hamda sakkiz soatgacha mijoz kutib qolishi» haqida so‘zlab berdi, deb yozmoqda Kun nashri.
Kundalik ishlarga jalb qilinuvchi asli o‘zbekistonlik bo‘lgan o‘nlab ayollar «ish topib beruvchi vositachilar orqali ham» mehnat qilishini ta’kidlamoqda.
O‘zbekistonda faoliyat olib boruvchi taniqli blogger, Ziyouz portali asoschisi Davronbek Tojaliyevning aytishicha, «avvalo millatdosh ayollarimiz o‘z yurti va yaqinlaridan yiroqda halol va yaxshi ishlarga boryaptilar deb gumon qilaman. Har ne bo‘lganda ham millatdosh ayollarning o‘zga yurtda (o‘z yurtimizda ham) mardikorlikka chiqishi millat erkaklari uchun isnod».
«O‘z ayoliga ega chiqolmagan (millat) erkak bir kun boshqalarga qul bo‘lishga mahkumdir. Ilk bor ayollar mardikor bozori haqida 2000 yillar boshida Toshkentda o‘qib yurganimda eshitgandim. Juda xunuk eshitilgandi bu so‘z. Asta-sekin vodiyda ham shunday bozorlar «ochildi». Qozog‘iston, Rossiyada mardikorlik qilayotgan ayollar haqida xabarlar keldi. Buning sabab va faktorlariga to‘xtalib o‘tmoqchi emasman. Og‘ir mavzu», deb yozadi Tojaliyev o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Ayollar kundalik yumushlarni bajarish uchun yollanma mehnatkashlar bozoriga chiqishi ayniqsa poytaxt Toshkent shahrida avj olgan bo‘lib, undagi aksariyat mardikor ayollar poytaxt tevaragidan kelgan, Toshkentda doimiy turar joyga ega bo‘lmagan fuqarolar hisoblanadi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi