21:00 / 20.11.2017
9 183

“Jinnixonadan” qochgan “jinoyatchilar”ning 2 tasi qo‘lga olindi. Uchinchisi esa...

“Jinnixonadan” qochgan “jinoyatchilar”ning 2 tasi qo‘lga olindi. Uchinchisi esa...
Bugun, ya’ni 2017 yilning 20 noyabr kuni taxminan soat 09:10 da Toshkent shahar IIBBga Psixiatrik shifoxonadan jinoyat sodir etgan va hozirda nazorat ostida bo‘lgan 3 nafar shaxs qochib ketgani haqidagi ma’lumot kelib tushdi.

Eslatib o‘tamiz, shifokor nazoratida turgan fuqaro Omonov Sherqul Safarovich O‘zbekiston Respublikasi JK ning 169-moddasini 3-qismi, Rashidov Ma’ruf Mahmudovich esa JKning 104-moddasi 3-qismi, Hamroyev Ahror Tursunboyevich JK ning 273-moddasi 5-qismidagi jinoyatlarni sodir etganlar.

Toshkent shahar IIBB tezkor xodimlarining “issiq izidan” tadbiri natijasida Rashidov Ma’ruf Mahmudovich hamda Hamroyev Ahror Tursunboyevich qo‘lga olindilar.

Omonov Sherqul Safarovich esa qidirilmoqda...

Inson hayotiga xavf solishi mumkin bo‘lgan “nosog‘lom jinoyatchi” tez orada ichki ishlar xodimlari tomonidan ushlanishiga umid qilamiz.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Jinnixonadan” qochgan “jinoyatchilar”ning 2 tasi qo‘lga olindi. Uchinchisi esa...