22:01 / 21.11.2017
8 558

Koreya O‘zbekistonda 4 ta oltin ob’ektini o‘zlashtirishda ishtirok etadi

Koreya O‘zbekistonda 4 ta oltin ob’ektini o‘zlashtirishda ishtirok etadi
O‘zbekiston Respublikasi oltin, uran, mis, kaliy tuzlari, fosforit va kaolin kabi bir qator muhim foydali qazilmalarning zaxiralari hamda resurslari bo‘yicha dunyodagi o‘nta yetakchi davlatdan biri hisoblanadi. Oltin va uranni ishlab chiqarish bo‘yicha respublika jahonda yetakchi o‘rinlarga egadir.
Koreya Respublikasiga yuqori darajadagi tashrif doirasida, Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan koreyalik sheriklar bilan 4 ta oltin ob’ektini geologik o‘rganish hamda o‘zlashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Boshlang‘ich bosqichda salohiyatli maydonlarda foydali qazilmalarning yangi konlarini aniqlash uchun 10 mln. dollar miqdorida Koreya investitsiyalarini yo‘naltirish nazarda tutilmoqda.
«Shindong Resources» kompaniyasi bilan Navoiy viloyatidagi Sautboy volfram konini o‘zlashtirish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish davom ettiriladi. 2018-2019 yillarda yaratilayotgan ishlab chiqarishning xomashyo bazasini oshirish bo‘yicha, shuningdek, loyihaning umumiy miqdori 3 mln. dollar bo‘lgan bank texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqishga oid ishlarni bajarish rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, «HANJIN D&B» taniqli kompaniyasi bilan respublika hududida 15 ta zamonaviy gidrofitsiyalangan burg‘ilash qurilmalarini geologiya va neftgaz sohalari korxonalari modernizatsiyasi uchun ishlab chiqarishga kelishib olindi. Shu bilan birga, alohida qismlar va detallarning mahalliylashtirilishi 50 foizga qadar yetkaziladi deb xabar beradi Kun.uz.
Shu bilan birga, geologik soha bo‘yicha kadrlar malakasini oshirish maqsadida Kvanju shahridagi Chonnam Milliy Universiteti bilan kelishuvga erishildi. U qalin ilmiy-texnik hamkorlikni nazarda tutadi. Ushbu kelishuv har ikki davlatning geologiya sohasidagi ilm-fan va texnika rivojiga turtki beradi.
Kelishuv Geologiya va mineral resurslar bo‘yicha Davlat qo‘mitasi raisi Bobur Islomov hamda Chonnam Milliy Universiteti prezidenti Byungseok Jeong tomonidan imzolandi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koreya O‘zbekistonda 4 ta oltin ob’ektini o‘zlashtirishda ishtirok etadi