10:09 / 23.11.2017
8 017

Bojxonachilar “saqich”lar qirolini qo‘lga olishdi

Bojxonachilar “saqich”lar qirolini qo‘lga olishdi
Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan “Vodil-Farg‘ona” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Dongfeng” rusumli yuk avtomashinasi chegara nazorati hududlariga kelib ketishi shubhali ko‘ringanligi bois nazoratga olingan.

Fuqaro M.Ergashev boshqaruvida bo‘lgan yuk avtomashinasi Farg‘ona shahar Yormozor MFY hududidagi joylashgan raqamsiz xonadon ichiga kirgan vaqtida to‘xtatib, ko‘zdan kechirilgani xabar qilindi.

Natijada avtomashina bort qismining tagida tashqi tomondan ko‘rinmaydigan qilib yashirin ravishda, bojxona nazoratini chetlab aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan, umumiy qiymati 30 mln so‘mlik, jami 15 ming dona “Orbit” nomli saqichlar borligi aniqlangan.

Shuningdek, ushbu avtomashina kirgan xonadon ko‘zdan kechirilganida xonadonning yashash xonalarida saqlanayotgan, Qirg‘iziston Respublikasidan bojxona nazoratini chetlab aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan, hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 50 mln so‘mlik: 78 dona erkaklar djinsi shimi, 210 dona “Nestle” nomli shokoladlar, 22840 dona “Orbit” nomli saqichlar borligi aniqlangan.

Shu bilan birga, olib borilgan tezkor tadbir davomida avtomashina egasi M.Ergashevning Farg‘ona tumanidagi yashash xonadoni holislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi, xonadonga kirishda darvozaxonasi yonida muqaddam Qirg‘iziston Respublikasidan bojxona nazoratini chetlab, aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan, qiymati 6 mln. so‘mlik 3 ming dona “Orbit” nomli saqichlar saqlanayotgani aniqlangan.

O‘tkazilgan tadbir davomida umumiy qiymati86 mln 630 ming so‘mlik tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil tariqasida olingani ma’lum qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bojxonachilar “saqich”lar qirolini qo‘lga olishdi