20:26 / 23.11.2017
7 410

Yuqori tezlikda kelayotgan yuk mashinasi naq 7 ta avtomobilni urib yubordi

Yuqori tezlikda kelayotgan yuk mashinasi naq 7 ta avtomobilni urib yubordi
Toshkentning Chilonzor tumanida 23 noyabr kuni soat taxminan 13:30 atrofida sakkiz mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, deya xabar bermoqda UzNews nashri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Kichik halqa yo‘lining V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi oldidan o‘tgan qismida («Chilonzor» metro bekati yaqinida) yuz bergan.

UzNews’ning shahar IIBBga asoslanib tarqatgan axborotiga ko‘ra, «Jiguli» avtomashinasi kutilmaganda harakatlanish bo‘lagini o‘zgartirganidan so‘ng, «ZiL» yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotgan.

Izdan chiqib ketgan «ZiL» yetti transport vositasi, xususan, 18-yo‘nalish bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Isuzu avtobusini urib yuborgan. Voqea joyidan olingan suratlarda Spark va Nexia mashinalari zararlanganini ko‘rish mumkin.
Xabar berishlarishcha, hodisa oqibatida jabrlangan shaxslar yo‘q. To‘qnashuv yuz bergan vaqtda avtobusda yo‘lovchilar bo‘lganmi-yo‘qmi, noma’lum.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yuqori tezlikda kelayotgan yuk mashinasi naq 7 ta avtomobilni urib yubordi