Markaziy bank, Moliya Vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasining hamkorligidagi qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi hududida naqd xorij valyutasini qabul qilish bo‘yicha Nizomga o‘zgartirishlar kiritildi, deya xabar bermoqda "Norma.uz" sayti.
Nizom bo‘yicha O‘zbekiston hududida to‘lovlarni naqd xorij valyutasida qabul qilish bo‘yicha yangi tartib o‘rnatildi.
Naqd xorij valyutasini quyidagi holatlarda ishlatish mumkin emas:
- Aviakompaniyalar va ularning agentlari tomonidan taqdim qilinadigan aviachiptalar sotib olishda;
- Bojxona to‘lovlarida;
- O‘zbekiston fuqarolariga xorijlik hamkorlar tomonidan milliy turistik operatorlarga taqdim etiladigan xizmat to‘lovlarida;
- Tadbirkorlar tomonidan eksport qilinadigan tovar, mehnat va xizmat to‘lovlarida;
- Bank operatsiyalari bo‘yicha xorij valyutasidagi komission pul mukofoti;
- O‘zbekistonda doimiy fuqarolikka ega bo‘lmagan xorij fuqarolari va fuqarolikka ega bo‘lmagan shaxslarni mehmonxonalarga joylashda.
Hozirda xorij valyutasida quyidagi operatsiyalarni amalga oshirish mumkin:
- Kredit bo‘yicha tig‘iz va qaytarish vaqti o‘tgan qarz va ularning foizlari to‘lovi;
- Yuridik shaxslarning ustav fondi;
- Bank depoziti;
- Xayriya ishlariga ajratilgan pul mablag‘i;
- Sug‘urtalash va qayta sug‘urta shartnomalari bo‘yicha qarz to‘lovlari;
- Xorij mamlakatlarining diplomatik vakilliklari konsullik xizmatlari to‘lovi;
- Bojsiz savdo do‘konlaridagi hisob kitob amaliyotini amalga oshirishda;
- Xalqaro yo‘lovchi tashishda tovarlar realizatsiyasi va kuzatish yo‘llarida yo‘lovchilarga transport vositalari xizmati.
Naqd xorij valyutasini qabul qilish (so‘nggi ikki banddan tashqari) tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjat joriy yilning 22 noyabr kuni qabul qilindi va shu kundan amal qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?