21:05 / 25.11.2017
16 118

Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyada Tangem bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyada Tangem bilan uchrashdi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan 22-24 noyabr kunlari davlat tashrifi bilan Janubiy Koreya Respublikasida bo‘ldi.

Mamlakatga turmush o‘rtog‘i Ziroatxon Hoshimova bilan tashrif buyurgan Prezident Shavkat Mirziyoyev sharafiga 23 noyabr kuni Janubiy Koreya Respublikasi Prezidenti saroyida tantanali kutib olish marosim tashkil etilgan edi. Unda Janubiy Koreyaning ko‘zga ko‘ringan davlat va jamoat arboblari qatorida O‘zbekistonda ham mashhur bo‘lgan “Saroy javohiri” seriali bosh qahramoni, Tangem obrazi ijrosi Li Yon E ham ishtirok etdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Prezident Shavkat Mirziyoyev va Tangem (Li Yon E)ning salomlashayotgani tasvirlangan suratlar tarqalmoqda.

Ushbu serial 2005 yilda O‘zbekistonda katta shuhrat qozongan edi. Serial avval rus tilida Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan “TVM” telekanalida, keyin esa o‘zbek tilida “O‘zbekiston” telekanalida namoyish etilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyada Tangem bilan uchrashdi