«Sharshara» + eshak = ?

  • 25-11-2017, 22:00
  • 3 834
  • Jamiyat
  • «Sharshara» + eshak = ?
    Mana endi tushundim, nima uchun «eshak»lar toifasi ko‘payib ketganligini…

    Bunday toyifalarni kelib chiqishiga harom luqma, ya’ni it, eshak, cho‘chqa kabi go‘shti harom qilingan hayvonlarni go‘shtini iste’mol qilish sabab bo‘lmoqda. Bu hayvonlarni go‘shtini iste’mol qilish inson tabiatiga, xulqiga, ko‘rinishiga, sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Cho‘chqa go‘shti insonni oriyatsiz, dayus qilib qo‘ysa, it go‘shtini iste’mol qilish badjahl, badxulq, odam yoqmas odomovi, toqatsiz qilib qo‘yadi. Eshak go‘shtini iste’mol qilishni fahm-farosatga qanchalik ta’sir qilishini fahmlash unchalik ham qiyin emas. Shunday bo‘lsada eshaklarni fe’l-atvorlari to‘g‘risida bir oz to‘xtalib o‘tsam:

    Xalqimiz orasida «eshak semirsa, egasini tepadi» degan ibora yuradi.
    Eshak shunday jonvorki, unga qanchalik qo‘pol muommalada bo‘lsangiz ham ko‘taradi. Urib-tepib, so‘kib «eshaklik» qilsangiz ham miq etmaydi. Boshini ham qilib turaveradi. Juda mehnatkash bo‘ladi. (Eshakdek ishlayveradi.)

    Ammo, eshakka rahmingiz kelib, siylab, xuddi otga muomala qilgandek erkalab suysangiz, arpa, suli, yem bersangiz, bu siylovingizni ko‘tarolmaydi. Qilgan yaxshiliklaringiz evaziga sizni boplab tepadi yoki tishlaydi. O‘ziga umuman yaqinlashtirmay qo‘yadi. Ana o‘shanda eshak o‘zini haqiqiy «eshakligini» ko‘rsatadi.

    Tibbiyot yemaklarimiz tarkibidagi moddalarni inson tabiatiga ta’sirini allaqachon isbotlagan. Eshak, it, cho‘chqa kabi hayvonlar go‘shtini zararlari haqida kitoblar yozilgan.
    Fikrimni nima uchun «eshak»lar ko‘payib ketganligi to‘g‘risidagi qochirim bilan boshlaganligimni allaqachon tushundingiz. Xuddi shunday. Xozirda shunday toifalar paydo bo‘lganki, o‘zini tarbiya qilib voyaga yetkazgan ota-onasini tan olmaydilar. Ularga ozor berishadi. Hatto, urib tepadiganlari qancha ?!

    Alloh insofi tavfiq bersin!

    Ularga ta’lim bergan ustozlariga qilayotgan muommalasini-ku, aytmasam ham bo‘ladi. Ustozlarini odam o‘rniga ko‘rishmaydi. Ustozlariga nisbatan zarracha bo‘lsin hurmat hissi yo‘q u eshaktabiatlarda. Yurtimizda yashab o‘tgan ulomalar, olimlar, tariqat peshvolariga tosh otayotganlari qancha.
    Dinimiz yemaklarimiz to‘g‘risida juda qat’iy talablar qo‘ygani bejizga emas. Halol — harom ajratilgan! Hatto halolni ham haromdan topilgan mablag‘lar vositasida harid qilib, iste’mol qilishni natijasi qanday bo‘lishini barchamiz ko‘rib bilib turibmiz. Endi harom luqmani natijasini aytmasak ham bo‘ladi…
    Azizullo Muhammadrizo

    Manba: fayzbog.uz

    » » «Sharshara» + eshak = ?