O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 22-25 noyabr kunlari davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasida bo‘ldi.
Aynan mazkur davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston va Janubiy Koreya munosabatlarining 25 yilligi ham munosib tarzda nishonlandi.
Koreyaning KTV kanali Facebook sahifasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi aks ettirilgan maxsus videolavhani joyladi. Unda ikki mamlakat prezidenti bir-biriga iliq munosabat bildirib, davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar katta hurmat va ishonchga asoslanganini ta’kidlashgan.
Mun Je In, Janubiy Koreya Prezidenti:
"Prezident Mirziyoyev bilan ilk bor uchrashib turgan bo‘lsam ham, xuddi eski qadrdonlardek bemalol, yaqindan suhbatlashdik. Ularning ikkinchi farzandlari oilasi bilan Koreyada bir necha yillar yashagani va nabiralari ham Koreyada tug‘ilgani, koreys tilini yaxshi bilishi haqida eshitib, juda xursand bo‘ldim.
O‘zbeklarda "Birinchi marta uchrashgan odam - tanish, ikkinchi marta ko‘rishganda odam - do‘st, uchinchi marta uchrashganda esa bir oilaga aylanadi", degan maqol bor ekan. Kelasi safar Prezident Mirziyoyev bilan ko‘rishganimizda bir oilaga aylanamiz, deb o‘ylayman.
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti:
"Ikki davlat o‘rtasida tarixiy ildizlar mavjud bo‘lib, u davom etmoqda. Hattoki, bizning oilamizda ham nabiramning Koreyada dunyoda kelgani ham ko‘p narsani anglatadi.
Koreys maqoliga ko‘ra, "Qiyin vaziyatda topilgan do‘st - chinakam do‘stdir". Bu bizning o‘zbek xalq maqoliga juda ham o‘xshaydi: "Do‘st boshga kulfat tushganda bilinar". Bugungi kunda O‘zbekistonda 200 mingdan ortiq koreys yashaydi. Ular o‘zlariga ikkinchi Vatanni kashf etishdi, yurtimizning munosib o‘g‘il-qizlari, biz chindan-da faxrlana oladigan qadrli fuqarolariga aylanishdi". “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi