11:30 / 27.11.2017
7 126

Toshkent IIBB dindorlarning ommaviy hibsga olinishi haqidagi xabarlarni izohladi

Toshkent IIBB dindorlarning ommaviy hibsga olinishi haqidagi xabarlarni izohladi
Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari D.Toshxo‘jayev Toshkent shahri va Toshkent viloyatida islom diniga e’tiqod qiluvchilarning ommaviy ravishda hibsga olingani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar bo‘yicha izoh berdi.

Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda 16-21 noyabr kunlari O‘zbekiston maxsus xizmatlari Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatining Chinoz va Yangiyo‘l tumanlarida istiqomat qiluvchi dindorlarning uylarida reydlar o‘tkazgani haqida maqolalar e’lon qilingan. Bu xabarlarda shuningdek, odamlarning uylarida tintuv o‘tkazilgani, dindorlarning o‘zlari so‘roq qilingani haqida aytilgan.

Bundan tashqari, go‘yoki huquqni muhofaza qilish organlari Zangiota tumanida ushlangan fuqarolardan 1986 yilda tug‘ilgan, 2008 yildan beri qidiruvda bo‘lgan Go‘zal To‘xtaxo‘jayeva ismli ayol haqida ma’lumot so‘ragan.

Shuningdek, maqolada Toshkent va Toshkent viloyatining Zangiota tumanida uch kun ichida 20 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan 80ga yaqin dindor erkak va ayollar ushlangan bo‘lib, ulardan 7 nafari Toshkent shahar IIBB tergov izolyatorida ushlab turilgani aytilgan.

Ushbu ish tafsilotlarini aniqlash maqsadida UzNews.uz muxbiri Toshkent shahar IIBBga murojaat qildi. Toshkent ShIIBB tergov boshqarmasi boshlig‘i Doniyor Toshxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, 1986 yilda tug‘ilgan Go‘zal Toshxo‘jayevaga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 159- (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish), 244- (Ommaviy tartibsizliklar) moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va 2009 yilda Toshkent shahar Uchtepa tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan qidiruvga berilgan. Ayni paytda G.To‘xtaxo‘jayevani qo‘lga olish maqsadida huquqni muhofaza qilish organlari uning qayerdaligini biladigan, u bilan muloqotda bo‘lishi mumkin bo‘lgan, lekin bu haqda ichki ishlar organlariga xabar bermagan shaxslarni so‘roq qilmoqda.

Bundan tashqari, Toshxo‘jayev huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari Go‘zal To‘xtaxo‘jayevaning qayerdaligini aniqlash uchun Chinoz va Yangiyo‘l tumanlarida yashovchi fuqarolarni so‘roq qilishmaganini alohida ta’kidladi.

Xabarda Go‘zal To‘xtaxo‘jayevaning qayerdaligini bilgan yoki uni ko‘rganlar bo‘lsa 102 yoki 281-93-02, 281-92-80, 281-94-45, 281-93-23 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish yoxud yaqin-atrofdagi ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilish so‘ralgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent IIBB dindorlarning ommaviy hibsga olinishi haqidagi xabarlarni izohladi