12:00 / 27.11.2017
8 472

Qashqadaryoda ayollar behayo videolar olib kirishda ayblandi

Qashqadaryoda ayollar behayo videolar olib kirishda ayblandi
Davlat bojxona qo‘mitasi hamda uning xududiy organlari tomonidan bojxonaga oid qonunbuzarliklarni oldini olish va unga chek qo‘yish maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Biroq, amaldagi tartib qoidalarga zid o‘laroq, faqat o‘z manfaati, buzuq nafsini o‘ylaydigan ayrim fuqarolar tomonidan yurtimiz hududiga pornografik mazmundagi mahsulotlarni olib kirishga urinish holatlari to‘xtagani yo‘q.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan pornografik mazmundagi materiallar bilan bog‘liq aniqlangan 76 ta (8 ming 623 dona pornografik mazmundagi videolavhalar, o‘yin kartalari va suratlar) qonunbuzarlik holatlaridan 8 tasi (592 dona pornografik mazmundagi videolavhalar, o‘yin kartalari va suratlar) aynan ayollar tomonidan sodir etilgan.

Misol uchun, “Sankt-Peterburg – Qarshi” yo‘nalishidagi 640-sonli aviareys bilan Qarshi xalqaro aeroportida parvozini yakunlagan Qarshi tumani Yangiobod qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Barno O‘rolova (barcha ism-familiyalar o‘zgartirilgan) belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, unga tegishli “Samsung SM G361H/DS” markali qo‘l telefoni xotirasida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi taqiqlangan 31 dona pornografik mazmundagi videolavha borligi aniqlandi.

Shuningdek, Barno bilan hamparvoz bo‘lgan Surxondaryo viloyati Termiz tumanida istiqomat qiluvchi Asila Sanayevaning ham qo‘l yuklari xolislar ishtirokida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, deklaratsiyada ko‘rsatilgan “Alcatel 5070D” markali qo‘l telefoni va unga o‘rnatilgan xotira kartasida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi taqiqlangan 72 dona pornografik mazmundagi videolavha saqlab kelingani ma’lum bo‘ldi.

Yakunda fuqarolar B.O‘rolova hamda A.Sanayevaga nisbatan sudning qarori asosida 449 ming 325 so‘mdan jarima jazolari tayinlandi. Ashyoviy dalil sifatida olingan qo‘l telefonlari nopok materiallardan tozalanib, davlat egaligiga o‘tkazildi.

Fuqarolarimiz shuni bilishlari lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 10 oktyabrdagi “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, pornografik mazmundagi mahsulotlarni mamlakatimiz hududiga olib kirish taqiqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda ayollar behayo videolar olib kirishda ayblandi