17:18 / 27.11.2017
8 587

Prezident: «Moliya bo‘limi boshlig‘i bo‘lsang, kasalsan… Men bugun seni ishdan olaman, …»(video)

Prezident: «Moliya bo‘limi boshlig‘i bo‘lsang, kasalsan… Men bugun seni ishdan olaman, …»(video)
Ijtimoiy tarmoqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning iyun oyida Farg‘ona viloyatiga amalga oshirgan tashrifi chog‘ida o‘tkazilgan yig‘ilishiga oid navbatdagi batafsil video tarqaldi.
Prezident majlis davomida viloyat hokimi o‘rinbosarlari, soliqchilar, prokurorlar va boshqa rahbar xodimlarni birma-bir tergagan va tanqid qilgan. Bu to‘g‘rida Kun nashri xabar berdi.

35 daqiqadan ko‘proq vaqt davom etgan yangi videoda Shavkat Mirziyoyev ayniqsa moliya tizimi vakillarini ayovsiz tanqid qilayotganini ko‘rish mumkin. Prezident Rishton tumani hokimining birinchi o‘rinbosariga yuzlanadi.

«Bosh vazirning o‘rinbosarini, sizning rahbaringizni almashtirdim. Chunki uning oyog‘i yerdan uzilgandi, odamlar bilan ishlashga toqati yo‘q edi. Faqat qog‘oz bo‘lsa, oliyjanob gaplar bo‘lsa. Shuning uchun iqtisod o‘ldi.
Sakkiz foizmish. Sakkiz foizlik o‘sish bo‘gan davlatda tuberkulyoz bo‘lmaydi. Tuberkulyoz – ovqat yemagandan bo‘ladigan kasallik», degan prezident.

Prezident yig‘ilish davomida tuman hokimi o‘rinbosari Anvarjon Xoliqovni ishdan bo‘shatgan.
Hamsuhbatidan oldin qaysi ishda ishlaganini so‘rab, u Moliya bo‘limi boshlig‘i bo‘lganini bilgach, prezident uni iste’foga chiqarishini aytadi.

«Moliya bo‘limi boshlig‘i bo‘lsang, kasalsan. Moliyaning avvalgi rahbarlari hammasi kasal bo‘lgan. Faqat balandparvoz gaplar. Men bugun seni ishdan olaman, boshqalarga ibrat bo‘lsin. Bunday balandparvoz gapiruvchilar bilan ishlashga toqatim yo‘q. Prezident bilan uchrashuvga nega tayyorgarlik qilmagansan, nega aniq rejalaring yo‘q. Faqat umumiy gaplar.
Bu detsad emas, davlat bu. Qo‘lidan kelmaydiganlar joyini bo‘shatib qo‘ysin», degan prezident.

Shundan so‘ng, prezident viloyatdagi barcha tumanlarning rahbar vakillari bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorovga hisobot berishi kerakligini, yo‘qsa ular ham ishdan ketishidan ogohlantirgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident: «Moliya bo‘limi boshlig‘i bo‘lsang, kasalsan… Men bugun seni ishdan olaman, …»(video)