22:47 / 27.11.2017
8 669

25 dekabrgacha Toshkentda “tungi reyd” o‘tkaziladi

25 dekabrgacha Toshkentda “tungi reyd” o‘tkaziladi
Avval xabar berganimizdek, bugun soat 16:20da Toshkent shahar IIBB matbuot konferensiyasi zalida, OAV xodimlari uchun navbatdan tashqari matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanida Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari, Tergov boshqarma boshlig‘i Doniyor Toshxo‘jayev Poytaxt hududida jinoyatlarni barvaqt aniqlash va huquqbuzarliklarni profilaktika qilish maqsadida, joriy yilning 20 noyabr kunidan 25 dekabrigacha keng qamrovli “Tozalash-Antiterror” kompleks umumprofilaktik va tezkor tadbirlari o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Shu jumladan, Doniyor Toshxo‘jayev ikki kun avval soat 23:30 da, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan Chilonzor tumanida o‘tkazilgan “Tozalash-antiterror” tadbiri davomida, “JAGUAR”, “SHABNAM” va “DON” kafelaridan jami 45 nafar fuqaro shaxsini aniqlash maqsadida tuman IIB ga olib borilib tekshirilgani va ulardan 16 nafari fohisha ayollar ekanligi aniqlanganini aytib o‘tdi.

Doniyor Toshxo‘jayevning ta’kidlashicha, Poytaxtda joylashgan 960 ta kafe-bar va restoranlarning barchasida belgilangan muddatgacha jinoyatni oldini olishga qaratilgan tadbir o‘tkazilishi mumkin.

Bundan biror kafe, restoran yoki tungi klub mustasno bo‘lolmaydi.

Biz bu tadbir davomida har qanday jinoyatni oldini olishga, uni bartaraf etishga hamda unga qarshi kurashishga harakat qilamiz va bu yo‘lda hech narsa to‘siq bo‘lolmaydi, deydi Doniyor Toshxo‘jayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 25 dekabrgacha Toshkentda “tungi reyd” o‘tkaziladi