“Tangem” Mirziyoyevning rafiqasi bilan tushgan suratini Instagram’ga joylashtirdi

  • 27-11-2017, 23:30
  • 6 916
  • Jamiyat
  • “Tangem” Mirziyoyevning rafiqasi bilan tushgan suratini Instagram’ga joylashtirdi
    O‘tgan haftaning 22-24 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi davomida “Saroy javohiri” seriali bosh qahramoni, Tangem roli ijrochisi Li Yon E bilan uchrashgani haqida xabar bergan edik.

    Shavkat Mirziyoyev va uning turmush o‘rtog‘i Ziroatxon Hoshimova sharafiga tashkil etilgan marosimda aktrisa Li Yon E ishtirok etgandi. Aktrisaning Prezident Mirziyoyev bilan so‘rashayotgani tasvirlangan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan edi.

    Oradan ko‘p o‘tmay, aktrisa Li Yon E O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning turmush o‘rtog‘i Ziroatxon Hoshimova hamda Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning rafiqasi Kim Jonsuk bilan tushgan suratini Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga joylashtirdi.

    Ushbu surat ayni damda ijtimoiy tarmoqlarda yashin tezligida tarqalmoqda. Koreya OAVlarining yozishicha, Mirziyoyevning rafiqasi Ziroatxon Hoshimova O‘zbekistonda ham namoyish etilgan “Saroy javohiri” koreys serialining muxlisi.

    Ma’lumot uchun, ushbu serial 2006 yilda “TVM” telekanalida rus tilida, so‘ng “O‘zbekiston” teleradiokanalida o‘zbek tilida namoyish etilgan.

    » » “Tangem” Mirziyoyevning rafiqasi bilan tushgan suratini Instagram’ga joylashtirdi