Toshkent viloyatida Milliy xavfsizlik xizmati tezkor xodimlari va Viloyat ichki ishlar boshqarmasi vakillari hamkorligida firibgarlik bilan shug‘ullanuvchi guruh fosh etilgani ma’lum qilindi.
Ushbu guruh asoschisi Yangiyo‘l tumanida istiqomat qiluvchi 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro Nuriddin Abulg‘oziyev ekanligi aytildi. U uch nafar sheriklari bilan “Dilshod Avto Savdo” MChJni tashkil etgan. Ushbu korxona avtomobil oldi-sottisi bilan shug‘ullangan va bu korxonaning noqonuniy faoliyati uchun niqob bo‘lgani xabar qilingan.
Rahbar sifatida boshqa shaxslarni tayinlagan Abulg‘oziyev moliyaviy piramidaga asos solgan. Odamlarga katta miqdordagi foizlar evaziga pul, qimmatbaho boyliklar, mulk, chorva mollari va avtomobillarni qabul qilgan. Buning evaziga ulkan ulush va’da qilingani “O‘zbekiston 24” telekanali xabariga asosan Qalampir nashri ma’lum qildi.
Abulg‘oziyev o‘zining tanishlari orqali muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirilgan foiz to‘lovlari haqida ma’lumotni tarqatgan. Avvalgi omonatchilarning qarzlarini, keyingi omonatchilarning boyliklari bilan to‘lagan. Shuningdek, orttirilgan moddiy boyliklarni shaxsiy manfaatlari yo‘lida ishlatib yuborgan. Aldangan omonatchilarning soni esa yuzdan ortiq ekani aytilmoqda.
Yangiyo‘l tuman sudi ishni ko‘rib chiqayotgani va 700 million so‘m miqdoridagi zararni jabrlanganlarga to‘lab berish to‘g‘risida qaror qilgan.
125dan ortiq yengil va yuk avtomobillari o‘z egalariga qaytirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?