«O‘zbekiston havo yo‘llari» Tailand va Malayziyaga qo‘shimcha reyslarni kiritmoqda

  • 28-11-2017, 12:30
  • 1 089
  • Jamiyat
  • «O‘zbekiston havo yo‘llari» Tailand va Malayziyaga qo‘shimcha reyslarni kiritmoqda
    «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi Bangkok (Tailand) va Kuala-Lumpur (Malayziya) shaharlariga qo‘shimcha aviaqatnovlarni joriy etmoqda.

    Aviakompaniya saytida joylashtirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkentdan Kuala-Lumpurga parvoz 2017 yil 25 dekabr hamda 2018 yil 4 yanvar kuni amalga oshiriladi. Shu yilning 26 dekabri hamda kelasi yilning 5 yanvarida ortga qaytiladi.

    2017 yil 29 dekabri va 2018 yil 5 yanvarida Toshkent-Bangkok yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha parvozni amalga oshiradi. Bangkokdan 30 dekabrda va kelasi yilning 6 yanvarida qaytiladi.

    Parvozlar zamonaviy va qulay Boing-767 samolyotlarida amalga oshiriladi.

    » » «O‘zbekiston havo yo‘llari» Tailand va Malayziyaga qo‘shimcha reyslarni kiritmoqda