11:45 / 01.12.2017
5 015

Toshkentdagi “Playstation”larda reyd o‘tkazildi

Toshkentdagi “Playstation”larda reyd o‘tkazildi
Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan “Tozalash-Antiterror” tadbiri o‘tkazilayotgan vaqtda “Olmazor” tumanidagi “Playstation” ko‘ngilochar maskani noqonuniy ishlayotgani aniqlangan.

2017 yilning 29 noyabr kuni soat 22:40da, Toshkent ahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida, “Playstation”da 32 nafar kishi bo‘lgan va ularning barchasi tuman IIBga olib ketilgan.

“Playstation”da yosh bolalar tungi vaqtda deyarli bo‘lishmaydi. U yerda shaxsan o‘zimning kuzatganim voyaga yetgan kishilar futbol yoki boshqa ko‘ngilochar uyinlar o‘ynashadi.

Lekin, nima uchun ular IIBga olib borildi?

Kimning aybi bilan degan savol o‘rtaga chiqadi. IIB xodimlarida doimo bu boradagi savolga, tezkor javob bor. Biz fuqarolarni shaxsini aniqlash uchun IIBga olib ketdik, deyishadi. Yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lganlar nega olib borilgani esa savolligicha qolaveradi.

Bu borada aniqlik kiritishni biz Toshkent shahar IIBB mas’ullarining ixtiyorida qoldiramiz.

Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlarda soliq va yoki shunga o‘xshash tashkilot xodimlari ham jalb qilinganmi yoki yo‘qmi bu ham bizga qorong‘u.

Toshkent shahar IIBB berayotgan ma’lumotga ko‘ra, 32 nafar kishi IIBga olib ketilgan. Lekin, “Playstation” faoliyati bilan bog‘liq masala esa ochiqligicha qolmoqda.

Ana xolos, nega belgilangan vaqtga amal qilmay ishlagan “Playstation” bir yoqda qoldi-yu, ishlab turgani uchun unga tashrif buyurganlar IIBga ravona bo‘lishdi?

O‘tkazilgan tekshiruv davomida mazkur maskan ruxsat etilmagan vaqtlarda foliyat olib borayotganliklari aniqlanib, shu yerda bo‘lgan 32 nafar shaxslar tuman Ichki ishlar boshqarmasiga olib borilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Toshkent shahar IIBB yuqoridagi xabarni o‘zining rasmiy saytida e’lon qilgan.

Biz xohlar edikki, “Playstation”dan daromad olayotgan “tadbirkorlar”ga tegishli hujjatlar qanday shaklda rasmiylashtirilgani ham e’lon qilinishini.

Chunki, bu qolgan “tadbirkorlar”ga saboq bo‘lishi aniq.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi “Playstation”larda reyd o‘tkazildi