Alisher Usmonovdan intervyu: O‘zbekistondagi iqtisodiy rivojlanish, o‘zining sarmoyasi va Diyora haqida...

  • 05 dekabr 2017, 12:30
  • 25 602
  • Jamiyat
  • Alisher Usmonovdan intervyu: O‘zbekistondagi iqtisodiy rivojlanish, o‘zining sarmoyasi va Diyora haqida...
    Reyter axborot agentligi muxbiri Polina Devitt dunyodagi yetakchi milliarderlar qatorida turadigan Alisher Usmonov bilan suhbat uyushtirishga erishdi.

    Shubhasiz, suhbat jarayonida O‘zbekiston, mamlakatning bugungi siyosati, iqtisodiy imkoniyatlari haqida so‘z bordi.

    Jumladan, telefondagi suhbat jarayonida Alisher Usmonov O‘zbekiston uchun har qanday yordam berishga tayyor ekanini ta’kidlagan.

    Suhbat jarayonida, hozirda Usmonovga tegishli bo‘lgan USM xolding kompaniyasi O‘zbekistonda hamkorlik ishlarini boshlagani, aynan shu kompaniya O‘zmetkombinatning 49% aksiyasiga egalik qilishi ham aytilgan.

    Shuningdek, Alisher Usmonov O‘zbekiston rahbariyati hozirgi kunda amalga oshirayotgan iqtisodiy o‘zgarishlarni juda hurmat qilishini ta’kidlagan.

    Alisher Usmonov jurnalistning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning unga tegishli bo‘lgan aviakompaniyasi samolyotidan foydalaniyotgani borasidagi savollar va o‘zaro uchrashuv haqida, - Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkka parvozi masalasi hal qilinayotganida men o‘sha yerda edim. Biroq parvozning uzoq davom etishi tufayli bu ishni amalga oshira oluvchi barcha talablarga javob bera oladigan samolyot yo‘q edi. Men o‘z samolyotimni bepul berishga tayyor edim va bundan xursand ham bo‘lardim, ammo O‘zbekiston bu ish faqat tijoriy asosda amalga oshirilishida qat’iy turdi va shunga kelishildi”, dedi.

    Bundan tashqari milliarder 2013 yilda YTH natijasida vafot etgan, rahmatli Bobur Usmonovning rafiqasi Diyora haqida ham o‘z fikrini bildirib, “Diyora endi jiyanimni bevasi emas, u endi boshqa kishining turmush o‘rtog‘i, men unga baxt tilayman”, dedi. Avvalroq, Diyora Usmonova o‘g‘il farzandli bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

    Shuningdek, milliarderning O‘zbekistonda istiqomat qiladigan jiyani, ya’ni Alisher Usmonovning akasi Bahodir Usmonovning qizi Ganya Usmonova (rahmatli Boburning singlisi) turmushga chiqqani borasida xabarlar tarqalgan edi.

    Alisher Usmonov O‘zbekiston hukumati bilan qadimiy Buxoro, Samarqand va Toshkent shaharlarida tarixiy joylarni ta’mirlash bo‘yicha loyihalar ustida hamkorlik qilayotganini ma’lum qildi.

    64 yoshli Alisher Usmonov Rossiyadagi eng boy besh kishidan biri hisoblanadi. Forbes jurnali uning boyligi 15,2 mlrd. AQSh dollari miqdorida ekani borasida ma’lumot bergan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Alisher Usmonovdan intervyu: O‘zbekistondagi iqtisodiy rivojlanish, o‘zining sarmoyasi va Diyora haqida...