Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar va Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Xorazm viloyatidan Toshkent shahriga 69,6 kg eshak go‘shti poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan «GOLD PREMIUM PRODUCT» MChJga qarashli “Sharshara” nomli go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarish sexiga o‘tkazish uchun olib kelinganligi aniqlangan. Bu to‘g‘rida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Shuningdek, ushbu go‘sht sex ishchilari tomonidan boshqa go‘sht mahsulotlariga qo‘shilganligi aniqlanib, sexda mavjud bo‘lgan 275 kg go‘sht mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Tegishli mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, olib qo‘yilgan go‘sht mahsulotlari iste’molchilarning sog‘ligi va hayoti xavfsizligi talablariga javob bermasligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortishga qaratilgan zarur tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?