Qizlarni aldab, Abu-Dabiga olib ketayotgan jinoyatchi ushlandi

  • 12 dekabr 2017, 17:40
  • 5 563
  • Jamiyat
  • Qizlarni aldab, Abu-Dabiga olib ketayotgan jinoyatchi ushlandi
    Xorazm viloyati huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlari davomida odam savdosi jinoyatiga qo‘l urgan ayolning qilmishiga chek qo‘yildi.

    Urganch shahrida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan A.B. Xorazmlik qizlardan kelgusida BAAning Abu-Dabi shahrida shaxvoniy maqsadlarda foydalanib boylik orttirish maqsadida, tanishi, bugungi kunda Birlashgan Arab Amirliklarida yashayotgan, o‘zbek millatiga mansub ayol bilan jinoiy til biriktirib, 2017 yilning noyabr oyida Urganch shahrida yashovchi, 1994 yilda va 1998 yilda tug‘ilgan qizlarni aldov yo‘li bilan “Urganch-Moskva-Dubay” yo‘nalishida jo‘natishga tayyorlayotganida kirdikorlari fosh etildi.

    Viloyat IIB xodimi, mayor Z.Ismayilovning ma’lumotiga ko‘ra, ayollik nomiga dog‘ tushirib, “odamfurush”likka qo‘l urgan, A.B. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasida sifatida qamoqqa olindi.

    Shu o‘rinda, fuqarolarimizdan xorijda pul topaman deb, nafsiga qul kimsalarning domiga tushib qolmaslikka ham o‘zlari harakat qilishlari kerak.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Qizlarni aldab, Abu-Dabiga olib ketayotgan jinoyatchi ushlandi