21:30 / 15.12.2017
11 397

Toshkent viloyati hududida o‘zgarish ro‘y beradi

Toshkent viloyati hududida o‘zgarish ro‘y beradi
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatining ayrim aholi punktlarida shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishni tartibga solishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga asosan, Toshkent viloyatining ayrim aholi punktlari bo‘yicha bosh reja loyihasini ishlab chiqishda ushbu aholi punktlari hududlari uchun quyidagi vaqtinchalik taqiqlar joriy etilmoqda:

jismoniy va yuridik shaxslarga qurilish uchun yer ajratish;

binolar, inshootlar va boshqa ob’ektlar, shu jumladan muhandislik-kommunikatsiya ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va qayta ixtisoslashtirish, shuningdek, ularga ruxsatnomalar berish.

Shuningdek, ushbu taqiqlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari asosida qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylar qurish bilan bog‘liq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilandi.

Bosh reja loyihasi ishlab chiqilayotgan Toshkent viloyatining aholi punktlari ro‘yxati ham e’lon qilindi.

Bu ro‘yxatdan, Zangiota tumanidagi O‘zgarish, Zangiota va Xonobod Qishloq fuqarolar yig‘inlari hududi, Qibray tumanining esa O‘nqo‘rg‘on, Salar, Tuzel, Yangiobod QFY, Toshkent tumanining Choshtepa, Hasanboy, Yunusobod QFY, Quyichirchiq tumanining Toshloq QFY, O‘rtachirchiq tumanining Qumovul QFY, Yuqorichirchiq tumanining Arganchi, Istiqlol, Surankent, Tinchlik, Bordonko‘l QFY hamda Yangiyo‘l tumani A.Ortiqov QFY hududlari o‘rin olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyati hududida o‘zgarish ro‘y beradi