09:22 / 16.12.2017
4 460

Selfiga ishqibozmisiz? Unda buni o‘qishingiz kerak!

Selfiga ishqibozmisiz? Unda buni o‘qishingiz kerak!
O‘zini suratga olish (selfi) va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishga bo‘lgan, yengib bo‘lmas xohish, hindistonlik shifokorlar tomonidan ruhiy xastalik, deb topildi. Bu borada o‘tkazilgan tadqiqotlar International Journal of Mental Health and Addiction jurnalida e’lon qilingan.

“Selfitis” iborasi birinchi marta o‘ylab topilgan yangiliklarni yoritadigan saytlarda paydo bo‘lgan. Ammo, bugungi kunga kelib olimlar, selfiga mukkasidan ketishni kasallik, degan xulosaga kelishdi.

200 nafar ishtirokchidan iborat guruhdan olingan ma’lumotlardan foydalanib, olimlar kishilarning selfiga qanchalik berilganini aniqlaydigan shkala ishlab chiqishdi. Bu ishlab chiqilgan shkala yordamida 400 nafar ko‘ngillilarni sinovdan o‘tkazishdi. Selfiga qaramlikni aniqlaydigan 20 ta savoldan iborat to‘plamda, “Men selfilarimni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirsam o‘zimni mashhur, deb his qilaman”, “Agar men selfilarimni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirmasam, o‘zimni tengdoshlarimdan uzilib qolgandek his qilaman”, kabi savollar o‘rin olgan.

Olimlar selfiga qaramlik darajalarini quyidagicha belgilashdi: o‘zini bir kunda kamida uch marta selfi qiladi, lekin ijtimoiy tarmoqqa joylashtirmaydi. Agar ijtimoiy tarmoqqa joylashtira boshlasa, kasallikning o‘tkir bosqichi boshlanadi. Oxirgi bosqich “selfitis” deb nomlanadi va odam o‘zi nazorat qila olmaydigan darajada, selfisini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirishga uzluksiz ehtiyoj sezadi. Bunda odam, bir kunda o‘zini kamida olti marta selfi qiladi va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtiradi.

Selfitis bilan kasallangan bemor bu – boshqalarning diqqat markazida bo‘lishni xohlaydigan, o‘ziga ishonmaydigan kishilardir. Ular o‘zini selfiga tushirish va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish orqali ijtimoiy holatini yaxshilash va o‘zini guruhning bir qismi, deb his qilishiga erishishadi.

“Gazeta.ru” internet nashrining ma’lumotiga ko‘ra, olimlar umid qilishmoqdaki, o‘zini selfi qilishga intilish ham kasallik deb tan olinsa, bu borada ham tadqiqotlarni olib borish va bundan aziyat chekayotgan kishilarga yordam berish imkoni paydo bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Selfiga ishqibozmisiz? Unda buni o‘qishingiz kerak!