10:06 / 16.12.2017
6 729

Shavkat Mirziyoyev Xo‘jayli tumanidagi Agrosanoat logistika markazida ham bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev Xo‘jayli tumanidagi Agrosanoat logistika markazida ham bo‘ldi
Kecha, 15 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifini Chimboy tumanidagi 8-sonli maktabgacha ta’lim muassasasidan boshladi.

Shundan so‘ng, Davlat rahbari Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialining Chimboy tumanidagi akademik litseyiga ham tashrif buyurdi.

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev Chimboy tumani faollari, ziyolilari bilan uchrashdi. Uchrashuvda bugun dunyoda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, aholini qiynayotgan masalalar, ta’lim, tibbiyot tizimini takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Davlat rahbari, Taxiatosh tumaniga ham tashrif buyurdi.

Bu yerda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tashkil etiladigan kichik sanoat zonalari, 2018-2019 yillarda hudud sanoatini rivojlantirish dasturi, samarasiz foydalanilayotgan ob’ektlar negizida yangi korxonalar tashkil etish loyihalari, Orolbo‘yi aholisi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan rejalar namoyish etildi.

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston sanoatini yangi bosqichga ko‘tarish, qo‘shicha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, meva-sabzavot va qizilmiya eksportini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Mamlakat sanoati uchun juda zarur bo‘lgan metall ma’daniga ega Tebinbuloq konini o‘zlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Xo‘jayli tumanidagi Agrosanoat logistika markazida ham bo‘ldi. Bu yerda davlat rahbariga zotdor otlarni parvarishlash, naslli qoramollar, tuyalarni boqish, ko‘paytirish borasidagi ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb sayti xabariga ko‘ra, Bundan tashqari, logistika markazi hududida bunyod etilishi ko‘zda tutilgan istiqbolli loyihalar, jumladan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, zamonaviy issiqxonalar, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, parradanchilik va baliqchilikni rivojlantirish borasidagi ishlarga to‘xtalindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Xo‘jayli tumanidagi Agrosanoat logistika markazida ham bo‘ldi