11:43 / 17.12.2017
7 836

Rossiyadagi qurilishda maoshini ololmay, aldanib qolgan o‘zbekistonlik internet yulduziga aylandi (video)

Rossiyadagi qurilishda maoshini ololmay, aldanib qolgan o‘zbekistonlik internet yulduziga aylandi (video)
Moskva viloyatining Ximki shahridagi qurilishda ishlagan o‘zbekistonlik elektr ustasi Muzaffar Xo‘jamiyorovning taqdirini endi yuzlab odamlar kuzatmoqda. Bu haqja «Nuz.uz»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Bir necha oy avval u o‘zining YouTube’dagi kanaliga imorat quruvchi «Alfa Sentavr» uyida barrikadalar qurib olgani va ketmaslikka qaror qilgani haqida bir nechta video joylagan edi.

Muammo shundaki, erkakka ish haqini to‘lashmagan, unda esa na turar-joy, na pul bor. Hattoki o‘z yurtiga qaytib ketish uchun chipta ham sotib ololmaydi.

Xo‘jamiyorovning videosini yuzlab kishilar tomosha qildi. Izohlarda odamlar muhojirga yordam taklif qila boshladi, u bilan jurnalistlar ham qiziqib qoldi — Ximkiga borib, o‘zbekistonlik haqida, ko‘plab ishchilardan millionlab rubl qarz bo‘lib qolinishiga sababchi bo‘lgan mash’um qurilish haqida syujet tasvirga olishdi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiyadagi qurilishda maoshini ololmay, aldanib qolgan o‘zbekistonlik internet yulduziga aylandi (video)