10:03 / 18.12.2017
5 416

Fuqarolar yig‘iniga Prezident Nexia sovg‘a qildi

Fuqarolar yig‘iniga Prezident Nexia sovg‘a qildi
Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.

16 dekabr kuni Nukus shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari va faollari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbari uchrashuvda asosiy diqqat-e’tibor, sa’y-harakatlar hududlar va tarmoqlarni izchil rivojlantirish, aholining hayotiy muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda ular uchun munosib turmush sharoitini ta’minlashga qaratilishi zarurligini ta’kidladi.

Uchrashuvda Prezident mahalla hududini obodonlashtirish, aholining turmush farovonligini ta’minlashdagi samarali mehnatlari uchun Qo‘ng‘irot tumanidagi eng olis hudud – “Qoraqalpog‘iston” posyolka fuqarolar yig‘inini xizmat mashinasi bilan ta’minlash borasida topshiriq bergan edi.

O‘zAning xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalla” xayriya jamoat fondi boshqaruvi raisi Shavkat Javlonov Prezident sovg‘asi – O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan “Nexia” avtomashinasining kalitini posyolka fuqarolar yig‘ini raisi Qutli Qo‘shimbetovaga topshirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqarolar yig‘iniga Prezident Nexia sovg‘a qildi